2026 Ko'rgazma va Festivallar 2026 Tadbirlar info@handicraftman.uz
"Gilamlar jilosi” ko‘rgazmasi
Festival Xalqaro

"Gilamlar jilosi” ko‘rgazmasi

2026-yil 17–18-oktyabr kunlari Xiva shahrida “Gilamlar jilosi” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Ko‘rgazmada milliy gilamchilik, to‘qimachilik va amaliy san’at yo‘nalishidagi hunarmandlar o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etadilar.

17 - 18 Oktabr, 2026 Xiva shahri, Xorazm viloyati

Tadbir haqida

2026-yil 17–18-oktyabr kunlari Xiva shahrida “Gilamlar jilosi” ko‘rgazmasi tashkil etiladi. Tadbir milliy hunarmandchilik an’analarini keng targ‘ib qilish, gilamchilik va amaliy san’at yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan hunarmandlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning mahsulotlarini keng jamoatchilikka namoyish etish hamda soha vakillari o‘rtasida tajriba almashish imkoniyatlarini yaratishga qaratilgan.

Ko‘rgazma tashkilotchilari: O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi, Xorazm viloyati hokimligi, Amaliy san’at birlashmasi va “Hunarmand” uyushmasi.

Ko‘rgazmada ishtirok etish istagida bo‘lgan hunarmandlardan arizalar 2026-yil 21-sentyabr kuni soat 12:00 ga qadar qabul qilinadi.